Messi jamoasiga oltinchi argentinalik kelmoqda

Mirjalol Normatov
18 yanv 2024, 13:14
29 yoshli himoyachi Nikolas Freyre "Pumas"dan "Inter Mayami"ga o'tishga yaqin.

Freyre Mayami klubida ayni damdagi tarkibidagi oltinchi argentinalik bo'ladi. Hozirgi paytda Leo Messi, Fakundo Farias, Franko Negri, Tomas Aviles va Nikolas Stefanelli kabi futbolchilar "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda.

MLSning yangi mavsumi 21 fevral kuni start oladi. Freyre bunga qadar Yevropada "Zvolle" sharafini himoya qilgan. Uning bozor narzi 2,5 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal