Messi Ispaniya Superkubogi finalini asosiy tarkibda boshlaydi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2021, 19:20
Bu haqda jurnalist Adria Albets xabar qilmoqda.

Manbaga ko'ra, “Barselona” sardori Lionel Messi Ispaniya Superkubogi doirasida bugun “Atletik”ga qarshi o'tadigan final uchrashuvini ilk daqiqalardan boshlaydi.

Avvalroq, kataloniyaliklar ustozi Ronald Kuman Messi bo'lajak bahsdagi ishtirok etishi yo etmasligini sog'lig'idan kelib chiqib, o'zi tanlashi haqida aytgandi. Shunday qilib, argentinalik o'ynashga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, Superkubok uchun bahs Toshkent vaqti bilan 18 yanvarga o'tar kechasi soat 01:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/AdriaAlbets