Messi: "Gollar yaxshi, biroq bundan-da muhimi bor"

Mirjalol Normatov
9 dek 2018, 15:29
"Barselona" yetakchisi Leo Messi Primero doirasida "Espanol" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bahsda Messi ikki bora jarimadan gol urishga erishdi.

"Ilk daqiqalardanoq raqibni nazorat qila oldik. "Espanol" bizni iloji boricha jarima maydonchasidan uzoqroqda kutib olishga harakat qildi. Biroq biz bu muammoni echa oldik.

Gollar? Har doim jarima zarbalarini tepishdan oldin kichik urf-odatlarim bor. Gollar yaxshi, biroq jamoaning g'alabasi - eng muhimi", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana