Messi "Barselona"ning umumiy guruhdagi mashg'ulotlariga qaytdi

Alisher
8 iyun 2020
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoa bilan mashg'ulotlar olib bordi.

32 yoshli argentinalik futbolchi so'nggi vaqtlarda mushagida yuzaga kelgan muammolar sabab yakka tartibda shug'ullanayotgan edi.

Umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga shuningdek Nelson Semedu ham qo'shilgan.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" La Liga restartidan keyingi ilk o'yinini 13 iyunda "Malorka"ga qarshi o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona