

PSJ klubi futbolchisi Lionel Messi o'zining sobiq jamoasi "Barselona"ga qaytish niyatida. Futbolchi buning uchun maoshi kamayishiga ham rozi. Bu haqda taniqli jurnalist Jerar Romero xabar berdi.
"Messi "Barselona"ga qaytish uchun jamoaning hozirgi moliyaviy holatiga mutanosib maosh olishga rozi.
Leoning klubga qaytishiga qarshi bo'lganlar ham Messining jamoaga qaytishi moliyaviy tarafdan ancha foydali bo'lishini tushunib yetishdi", -deydi Jerar Romero.



