Messi "Barselona" tarkibida 200-golli pasini berdi (+video)

Aslanov Jasurbek
18 dek 2017
"Barselona" LaLiganing 16-turida "Deportivo"ni qabul qildi.

"Kamp Nou"da o'tgan bahsda mezbonlar 4:0 hisobida g'alabaga erishishdi.

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi bu o'yinda gol urgani yo'q, ammo bitta golli pas berdi.

Bu argentinalik futbolchining Kataloniya klubi futbolkasidagi 200-assistentligi. Bu natijani qayd etish uchun Messiga 607ta bahs kerak bo'ldi.

Joriy mavsum Lionel Messi LaLiganing 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 14ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

Argentinalikning 200-golli pasini ko'chirib oling.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com