Messi "Barselona" sotib olishi kerak bo'lgan 3 futbolchi ismini aytdi

Aslanov Jasurbek
6 may 2019, 10:18
"Barselona" yetakchisi Lionel Messi yozgi transfer oynasida Kataloniya klubi kimlarni sotib olishi kerakligini aytdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik 3ta poziciyani (darvoza, markaziy himoyachi va hujumchi) kuchaytirmoqchi.

Messi Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi, ayni damda "Ayaks" sharafini himoya qilayotgan Andre Onanani jamoada ko'rmoqchi. Yasper Sillessen katta ehtimol bilan yozda "Barselona"ni tark etadi.

Lionel markaziy himoyachilar orasidan "Ayaks" futbolchisi Mateys de Ligtni tanladi. Oldinroq, "Barselona" Amstyerdam klubidan Frenki de Yongni sotib olgan edi. Argentinalik hujum poziciyasiga Yovich ("Ayntraxt") yoki Irving Losanoni (PSV) olib kelmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon