Messi Argentina terma jamoasi mashg'ulotida ishtirok etmadi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2017, 13:52
Argentina terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

8 noyabr kuni Xorxe Sampaoli shogirdlari navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi. "Barselona" hujumchisi Lionel Messi ochiq mashg'ulotda ishtirok etmadi.

Futbolchilar ikki guruhga bo'linishdi. Avvaliga himoyachi va yarim himoyachilar, keyinroq esa hujumchilar shug'ullanishdi. Ertaga esa birinchi bo'lib forvardlar, keyin yarim himoyachi va himoyachilar mashg'ulot o'tkazishadi.

Argentina terma jamoasi 11 noyabr kuni "Lujniki" stadionida Rossiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Argentinaliklar 14 noyabr kuni Krasnodardagi stadionda Nigeriya terma jamoasiga bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com