Messi 48 million evrolik qasrga ko'chib o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021, 01:18
PSJ hujumchisi Lionel Messi Parij klubiga o'tgach, Fransiyadan uy-joy qidirmoqda.

Hozirda futbolchi va uning oilasi Parijdagi elita mehmonxonasida istiqomat qilishadi.

Manbaga ko'ra, Messi Le Vezinet kommunasida joylashgan 48 million evrolik qasrga ko'chib o'tishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, futbolchining rafiqasi Antonella ushbu qarorda qatiy turibdi. Shuni ham takidlash joizki, bu uy Fransiya vice-chempionlari mashg'ulot bazasidan 15 daqiqalik masofada joylashgan.

Eslatib o'tamiz, Messi yozda erkin agent sifatida PSJga o'tgandi. Parij klubi tarkibida u hozirgacha ikkita o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport