Mene – "Barsa"ning o'ng qanot himoya poziciyasi uchun bosh maqsad. Belgiyalik "Borussiya"ni ketmoqchi ekanligi haqida ogohlantirdi

Alisher
30 avg 2022, 18:03
"Barselona" "Borussiya" (Dortmund) himoyachisi Toma Menening transferi ustida ishlamoqda.

30 yoshli belgiyalik "ko'k-anorranglilar"ning o'ng qanot mudofaa chizig'i uchun maqsadi hisoblanadi.

Kataloniyaliklar futbolchining vakillari bilan muzokaralarda qiyinchilikka duch kelmaslikni kutishmoqda. Faqatgina Dortmund klubi bilan kelishish kerak.

"Barsa" shuningdek bitimni amalga oshirish uchun Per-Emerik Obameyang va Memfis Depayni sotishi kerak.

Mene "Barselona"ga o'tsa, 3-4 yillik shartnoma imzolaydi. Himoyachi "Borussiya"ni Kataloniya jamoasiga o'tishni xohlayotgani haqida xabardor qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo