Mendesh "Barselona"ga Blanni murabbiy qilishni taklif etdi

Alisher
18 iyul 2020, 17:19
PSJ va Fransiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Loran Blan "Barselona"ni boshqarishi mumkin.

Kike Setenning iste'fosi haqida gapirilayotgan bir paytda "Barselona" boshqaruvi uchun nomzodlar ko'p emas. "Barselona B" bosh murabbiyi Xaver Garsiya Pimenta bu joyga yagona nomzod bo'lgan.

Bundan avvalroq Loran Blanning agentiga aylangan Jorje Mendeshning "Barselona" bilan aloqalari yaxshi. Portugaliyalik Blanni Kataloniya klubi vakillariga taklif etgan.

Muzokaralar muvaffaqiyatli o'tishi ma'lum emas, sababi Blan vaqtinchalik murabbiy bo'lishni xohlamaydi, u uzoq muddatli loyiha qurmoqchi.

Qayd etish kerakki, Blan 1996-1997 yillar davomida "Barselona"da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com