

Manbaning xabariga ko'ra, hujumchi klublar o'rtasidagi Chempionlar ligasining 1/8 final o'yini natijasini kutadi va shundan keyingina qaysi klub bilan shartnoma imzolashi haqida ma'lum qiladi.
Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. U allaqachon yangi klubi bilan dastlabki kelishuvga erishish huquqiga ega.
Xabar qilinishicha, fransiyalik futbolchi allaqachon "Real"ga erkin agent sifatida o'tishga rozi bo'lgan, biroq keyinchalik PSJ bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda PSJ safida 28 o'yinda 19 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



