Mbappe to'liq mavsumni PSJ zaxirasida o'tkazishi mumkin
Omonjon To`xtamirzayev
19 iyul 2023, 18:12
PSJ rahbariyati hujumchi Kilian Mbappega nisbatan keskin choralar ko'rishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar bosslari agarda Kilian shartnomani uzaytirmasa yoki klub uni sotishiga rozi bo'lmasa, 2023/24-yilgi mavsum to'liq zaxiraga "mixlashmoqchi".
PSJ Mbappeni 2024 yil yozida tekinga qo'ldan chiqarmoqchi emas.