Mbappe o'zini transferga qo'yishlarini so'radi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2019, 00:15
PSJ forvardi Kilian Mbappe yozda jamoani tark etishni istamoqda.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi klub rahbariyatiga o'zini transferga qo'yishlarini so'radi. Uning xizmatlariga "Real" jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

Francuzning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. Uning transfer narxi esa 200 million evroga baholanmoqda.

Yakunlangan mavsumda Mbappe 43 o'yinda qatnashib, 39 gol urdi va 17 bora gollarga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun