Mbappe Messini “Oltin to'p”ga da'vogarlar ro'yxatiga qo'shmadi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2018, 03:06
Jahon chempioni Kilian Mbappe o'z ro'yxatida “Oltin to'p” uchun kurash olib boradigan futbolchilar nomini oshkor qildi.

Fransiya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi ushbu ro'yxatga Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messini qo'shmadi, deb xabar bermoqda France Football nashri.

Mazkur nashr Mbappedan “Oltin to'p” uchun kurash olib boradigan besh nafar futbolchining ism-sharafini so'radi. Killian o'z ovozini Neymar, Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich, Rafael Varan va albatta o'ziga berishini aytgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif