Mbappe jarohatiga qaramay, "Real" bilan Qitalararo Kubogi uchrashuviga uchadi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2024, 13:19
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoasi bilan 18 dekabr kuni Qatarda bo'lib o'tadigan Qitalararo Kubogining final bahsiga boradi.

Mbappe Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Atalanta"ga qarshi o'yinda chap oyog'idan jarohat oldi. Uning tiklanishi uchun 10 kungacha vaqt ketishi mumkin. Ammo shunga qaramay, fransiyalik futbolchi tarkib bilan Qatarga Qitalararo Kubogi finali uchun uchib ketadi, deb xabar berdi "El Chiringuito".

"Real" turnir finalida Misrning "Al Ahli" hamda Meksikaning "Pachuka" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv g'olibi bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito