Mbappe jarohat tufayli Tunisga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradimi?

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Tunis terma jamoasi bilan JCH-2022 guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida maydonga tushmasligi mumkin.

Bu haqda "Le Parisien" nashri xabar bermoqda.

Hujumchi kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotda to'pig'ida muammolarga duch keldi. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Mbappega dam berishi kutilmoqda, shunda futbolchi musobaqaning 1/8 finaliga qadar to'liq tiklanib oladi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya termasi muddatidan avval Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

JCH-2022 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Tunis – Fransiya uchrashuvi bugun "Edyukeyshn Siti" stadionida 20:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Parisien