Mbappe isitma tufayli "Real" mashg'ulotida qatnashmayapti. Ertaga "Al-Hilol" bilan o'yin

Administrator
17 iyun 2025, 23:59
Kilian Mbappe "Real" mashg'ulotida ishtirok etmayapti.

Marca xabar berishicha, hujumchi tana harorati ko'tarilgani sababli mashg'ulotda qatnasha olmayapti.

Ertaga "Real" klublar jahon chempionati doirasida "Al-Hilol"ga qarshi maydon egasi bo'ladi. Uning bu uchrashuvda ishtirok etishi noma'lum.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: AS