Mbappe Fransiya chempionatining bir mavsumida 30 ta gol urgan eng yosh o'yinchi bo'ldi

22 apr 2019, 09:15
PSJ kecha Fransiya chempionatining 33-turida “Monako”ni Kilian Mbappening xet-triki evaziga 3:1 hisobida taslim qildi.

Natijada Mbappe Fransiya chempionati bir mavsumida 30 ta gol urgan eng yosh o'yinchi bo'ldi. Avvalgi rekord Erve Revenelliga tegishli edi. Shuningdek, Mbappe Terri Anri rekordini takrorlab, bir mavsumda eng ko'p gol urgan fransiyalik futbolchi bo'lib turibdi.

Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda PSJ uchun 40 ta o'yin o'tkazib, 36 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live