Mbappe CHL finali haqida: "Sent-Eten"ga qarshi o'yindan so'ng yig'lagandim va mavsum yakunlandi deb o'ylagandim"

Alisher
19 avg 2020, 13:30
PSJ forvardi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi "RB Leyptsig" (3:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Sent-Eten"ga qarshi o'yindan so'ng mavsum yakunlandi deb o'ylagandim (bir oy avval Mbappe jarohat olgan edi), tuni bilan yig'lab chiqqandim. Menga og'ir edi, ammo buni hech kimga ko'rsatishni xohlamadim.

Yakshanba kuni bor kuchimni maydonga tashlayman. Men Chempionlar Ligasini yutishni xohlayman.

Neymar bilan o'xshash jihatlarimiz ko'p, biz ko'p to'p bilan ko'p harakat qilamiz, ammo biz tushundikki, o'zimizga kamroq e'tibor berishimiz kerak. Boshqalarsiz yuta olmaymiz", - deydi Mbappe.

PSJ finalda "Bavariya" - "Lion" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: GFFN