

16 oktyabr kuni LaLiganing 9-turi doirasida "Real" - "Barselona" uchrashuvi "Santyago Bernabeu" stadionida tashkillashtiriladi va u 19:15da start oladi.
Olti turdan keyin "Real" 18 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi. "Barselona" esa 16 ochko to'plagan holda yetakchini quvishda davom etmoqda.



