Mauricio Sarri: “Azar o'yindan o'yinga o'sib bormoqda”

8 okt 2018, 09:20
“Chelsi” ustozi Mauricio Sarri “Sautgempton” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Yaxshi o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Muxlislarning bizni qo'llab-quvvatlab turishganidan xursandman. Biz himoyada yanada yaxshi o'ynay olamiz deb hisoblayman. Ikkinchi bo'limda raqibga 2-3 ta imkoniyat taqdim etdik. Azarni esa juda yaxshi bilaman. Biz hali uning o'yini 100 foizlik darajada guvohi bo'lmadik. U o'yindan o'yinga o'smoqda va zo'r bo'lib bormoqda”,-deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC-Sport