Matteus: "JCHda barcha yulduzlar ajoyib o'yin ko'rsatdi, Neymardan tashqari"

Mirjalol Normatov
14 avg 2018, 21:57
Jahon va Yevropa chempioni Lotar Matteus Braziliya termasi hujumchisi Neymarning JCHdagi ishtirokiga baho berdi.

"U uzoq vaqt jarohatlar girdobida bo'ldi. PSJ uchun ajoyib o'yinlarini namoyish qila olmadi. To'g'ri, Neymar 20ta gol urdi, ammo bu Fransiya chempionati. Braziliya termasi bilan JCHda yorqin o'yin ko'rsatmadi. Undan boshqa barcha yulduzlar o'z saviyasida bo'ldi. Uning ikki yoki uch gol urgan ahamiyatsiz. Neymar Rossiyada o'z o'yinini ko'rsata olmadi", - dedi Matteus.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com