

“Biz qoniqmadik, ammo har qanday holatda ham jamoam bilan faxrlanaman. Yaxshi o'yin ko'rsatib, bir necha vaziyatlarni sodir qildik. Ammo o'yinimizda yetishmagan bir necha jihatlar bo'ldi. O'sha narsalarni to'g'irlashimiz kerak. Albatta, ularda yaxshi jamoa bor. Ammo biz “Arsenal”, “Tottenxem”ga qarshi safar o'yinlarida ham yaxshi natijaga erisha oldik. Agar birinchi bo'limda o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olganimizda, hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi”,-deydi Nemanya Matich.



