Mata: "Manchester Yunayted" Angliya Kubogini yutib, APLning kuchli to'rtligiga kirishi kerak"

Aslanov Jasurbek
24 fev 2015, 14:48
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata jamoaning maqsadlari haqida gapirib berdi.

"Oldinda o'yinlar ko'p. Biz oldingidek Angliya Kubogi uchun kurash olib boryapmiz va unda g'olib bo'lmoqchimiz. Yana bir maqsadimiz Premer-liga yakunlariga ko'ra kuchli to'rtlikdan joy olmoqchimiz. Hal qiluvchi vaqt keldi. So'nggi 10ta o'yin juda muhim bo'ladi. Angliya Kubogida g'alabani qo'lga kiritish qiyin, ammo shunga majburmiz" - deydi Mata.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com