Masharipovni sotib olgan klub Saudiya Arabistoni Superkubogini qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2021, 10:26
Kecha Saudiya Arabistoni Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tdi.

Unda "Al Hilol" va "Al Nassr" klublari o'zaro to'qnash kelishdi. Ar Riyodda o'tgan bahsda "Al Nassr" 3:0 hisobida zafar quchdi.

Ma'lumot uchun, "Al Nassr" "Paxtakor"dan Jaloliddin Masharipovni sotib olgan va BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga ijaraga bergan.


"Al Hilol" - "Al Nassr" 0:3
Gollar:
Petros 61, Hamdallah 82, Sami Al Najei 90+2.

Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya).

"Al Hilol": Al Mayyuf, Jahfali (Al Shehri, 74), Al Shahroni, Jang Xyun Su, Al Burayk (Al Davsari, 84), Jovinko (Karilo, 46), Kuelyar, Al Faraj (Kanoo, 26), Al Davsari, Gomis, Vetto.

"Al Nassr": Bred Jons, Madu, Sulton Al G'annam, Al Xalaf (Ali Alavjami, 64), Al Amri, Petros, Al Gamdi (Gonsalo Martinez, 63), Al Sulayhim (Al Haybari, 90+3), Al Hassan, Amrabat (Al Najei, 80), Xolid Al G'annam (Hamdallah, 64).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia