"Mashal": O'smirlarimiz finalda "Paxtakor" bilan o'ynaydi

Bugun Buxoro shahrida "Paxtakor-79"ning marhum futbolchilari Ravil Agishev va Vladimir Sobirov xotirasiga bag'ishlangan turnirning ikki yarim final bahsi bo'lib o'tdi.

Oldin xabar berganimizdek birinchi uchrashuv "Mashal" - "Qizilqum" o'rtasida bo'lib o'tgan bo'lsa,  ikkinchi o'yin "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'smirlari o'rtasida bo'ldi.  1999-2000 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida davom etayotgan turnirning finalchilari ham ma'lum bo'ldi.  

Unga ko'ra birinchi yarim final o'yinida vakillarimiz "Qizilqum"ni yirik 4:1 hisobida mag'lub etdi.  Gollarga Muhriddin Shamsiddinov (ikkita),  Allayor Raupov va Shahboz Botirov mualliflik qildi.  Ikkinchi uchrashuvda ham "Paxtakor" raqibi "Lokomotiv"ni yirik 4:1 hisobida taslim etdi.  
Shunday qilib xotira turnirining finalida Toshkentning "Paxtakor" va Muborakning "Mashal" klublari yo'l oldi.  

Xotira turniri.  Buxoro
Yarim final.


"Mashal" - "Qizilqum" 4:1
Gollar
:  Shahboz Botirov,  Muhriddin Shamsiddinov,  Allayor Raupov.

"Paxtakor" - "Lokomotiv" 4:1


Ertaga turnirning final bahsi bo'lib o'tadi.  Bu o'yin Buxoro shahridagi "Markaziy" stadionda 10:00 da start oladi.  

Xotira turniri.  Buxoro
Final.  11. 08. 2015

"Mashal" - "Paxtakor"


Manba: fcmashal.uz