

"Mashal" Oliy liganing navbatdagi turini safarda "Olmaliq"qa qarshi o'tkazadi. 22 avgust kuni bo'lib o'tadigan muhim o'yinga barcha futbolchilar jiddiy hozirlikni boshlagan. Tarkibda yo'qotishlar yo'q. Jarohatdagi darvozabonimiz Nosirov ham safga qaytgan bo'lsa , G'iyosjon Komilov bu o'yinda ishtirok etishi mumkin.



