Martinesning agenti forvardning "Inter"dan ketmoqchi emasligini aytdi

Alisher
24 fev 2022, 15:57
"Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning agenti Alexandro Kamano unga MYU, "Barselona" va boshqa klublarning qiziqishlariga qaramay, mijozining jamoadan ketmoqchi emasligini aytdi.

"Hech qanday muammo yo'q. Lautaro Martines "Inter"dan ketmoqchi emas, u jamoada baxtli", - deydi jurnalist Fabricio Romano.

Martines 2021/22 yilgi mavsum "Inter" libosida 33ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 24 yoshli argentinalikni 80 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano