Marsyal qoladi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 12:12
Vinger Antoni Marsyal "Manchester Yunayted"da qoladi.

Bunga asosiy sabab - futbolchining jamoada qolishni istayotgani. U yaxshi jismoniy holatga kirib, MYUning asosiy tarkibi uchun raqobat qilmoqchi. "Manchester Yunayted"dagilar ham fransiyalikni qo'yib yubormoqchi emas.

Klub yaqin vaqtlarda futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Uning amaldagi kelishuvi 2020 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror