Marsyal jarohat tufayli Angliya Kubogi finalida ishtirok eta olmaydi

Sherzod Nurmatov
31 may 2023, 18:33
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal Angliya Kubogi finalini o'tkazib yuboradi.

APLning 38-turidan o'rin olgan "Fulxem"ga qarshi uchrashuvda (2:1) hujumchi sonidan jarohat olgan. Keyinroq futbolchining mushaklarida ham muammo borligi aniqlangan.

"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi final 3 iyun kuni "Uembli"da bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC