"Marsel" "Arsenal"dan Genduzini ijaraga olmoqchi

Alisher
1 okt 2020, 18:00
"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi boshqa klubga o'tishga yaqin.

Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli fransiyalik futbolchiga "Marsel" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Olimpik" xavbekning ijarasi borasida London klubi bilan muzokaralarni boshlagan. Fransiyaliklar Chempionlar ligasi oldidan o'rta chiziqni kuchaytirib olishmoqchi.

Genduzining londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi o'tgan mavsum "Arsenal" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato