Mark van Bommel: “PSV futbolchilari Messining libosi uchun kurashishi mumkin”

18 sen 2018, 07:40
PSV bosh murabbiyi “Barselona”ga qarshi YCHLning 1-tur o'yini oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Agar yaxshi natijaga erishadigan bo'lsak, futbolchilar Messining libosi uchun kurashadimi, menga farqi yo'q. Har doimga e'tiborli bo'lish-professionallikning bir qishmi. Bilaman futbolchilar undan libosini so'rashadi, ammo bu ishni tanaffus vaqtida qilish kerak emas. Mening vaqtimdagi jamoadan faqat Leo qoldi. Bu 2005 yilda edi, siz uni o'shandayoq eng buyuk futbolchilardan biri bo'lishi mumkinligini ko'rishingiz mumkin edi. O'ylashimcha, u “Oltin to'p”ni yuta olmasligiga qaramay, dunyoning eng yaxshi o'yinchisi”,-deydi Bommel.

Ma'lumot uchun, “Barselona”-PSV uchrashuvi bugun 23:55 da boshalanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Four Four Two