Mariano Dias "Real Madrid"ni o'z rejalari haqida xabardor qildi

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2022, 20:53
Dominikanlik futbolchi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

"Marca" xabariga ko'ra, 28 yoshli Mariano Dias yozda klubini o'zgartirmoqchi. Futbolchi "galaktikos" rahbariyatiga nimani istayotganini aytgan va u o'zini boshqa klubga qo'yib yuborishlariga ishonmoqda.

Hujumchi ko'proq o'yin amaliyotgiga ega bo'ladigan klub topmoqchi. Dias o'tgan mavsumda "Real" safida 11 ta o'yinda atigi 397 daqiqa o'ynadi. Bu vaqt ichida 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Mariano Dias "Real" safida umumiy 73 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca