Mareska Sanchesning 3-daqiqada olgan qizili haqida gapirdi

Khoja
21 sen 2025, 10:27
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska Robert Sanchesning "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda olgan qizili haqida fikr bildirdi.

"Fikrimni bilmoqchi bo'lsangiz, o'yin boshidayoq o'n kishi bo'lib qolishdan ko'ra, 3-daqiqada gol o'tkazib yuborgan maqul. Qizil kartochka olgandan ko'ra Mbeumoga gol urishga imkon berish yaxshiroq bo'lardi. Axir oldinda yana 95 daqiqa bor edi-da... O'ylaymanki, Robert Sanches buni tushunadi. Tarkiblar tenglashganda, o'ynash ancha osonlashdi", - dedi London klubi murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv 2:1 hisobida MYUning g'alabasi bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com