Maradonaning hayotidagi so'nggi soatlar qanday kechgani haqida ma'lumot berildi

Alisher
26 noya 2020, 10:37
Kecha argentinalik 61 yoshli futbol afsonasi Diego Maradonaning yuraklari urishdan to'xtadi.

Maradona ertalabdan oqarib ketgan va sovuqdan shikoyat qilgandi. Shunga qaramay u nonushta qila olgan. Keyinchalik esa yotoqxonasiga qaytgan va u yerda so'nggi so'zlarini aytgan - "Me siento mal", ispanchadan "Men o'zimni yomon his qilyapman" degan manoni anglatadi.

Yaqindagina shifoxonadan chiqqan Diegoga qarayotgan hamshira darhol tez yordamni chaqiradi. Yetib kelgan shifokorlar esa afsonaning hayotini qutqara olishmaydi - uning o'limi haqida esa mahalliy vaqt bilan 12:00 atrofida ma'lumot berildi.

Oldinroq, Maradona yurak hurujidan o'lgani haqida ma'lumot berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror