Maradona: JCH-1990 finali oldidan Grondona o'yinda yutqazish kerakligini aytgandi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2015, 09:02
Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Maradona JCH-1990 finalidagi Germaniyaga qarshi bahsdan (0:1) oldingi voqeani aytib berdi.
Finaldan oldin men Argentina futbol Federatsiyasi rahbari Xulio Grondona bilan uchrashgandim, u menga qarab: Finalga chiqdinglar, to'xtash vaqti keldi. Endi yutqazib berishimiz kerak degandi.

Javob shunday bo'lgandi: Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz. Elkamdagi og'riqqa qaramay men bor kuchim bilan o'ynayman. Maydonda nima qilishimni siz hal qilmaysiz.

Uchrashu vaqtida bor kuchim bilan o'ynadim, ammo hakam Kodesal Mendes har safar raqib foydasiga hushtak chalavergandi, - deydi Maradona.

Ma'lumt uchun, Grondona 2014 yil yozida vafot etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru