

Manbaga ko'ra, Chempionlar ligasi 1/8 finalining Lacio bilan javob uchrashuvida germaniyalik darvozabon o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va shu orqali Real va Portuning sobiq darvozaboni Kasilyasning rekordini takrorladi. Shu bilan birga, nemis darvozaboni ispaniyalikga qaraganda kamroq o'yin o'tkazgan - 136 va 177 ta.
Chempionlar ligasida darvozabonlar orasida eng yaxshi uchinchi o'rinni Yuventus va PSJ sobiq darvozaboni Janluiji Buffon (52) egallab turibdi.



