Murabbiylar shtabi talabiga javob berganlar bilan shartnomalar tuzilmoqda. Bungacha Shukurali Po'latov (“Neftchi”), Voxid Shodiev (“Buxoro”) va Bobur Akbarov (“Guliston”) kabi futbolchilar bilan “Bunyodkor” FK o'rtasida bitim imzolangandi.
Bugun esa yana ikki nafar yangi futbolchi bilan kelishuvga erishildi. 13 yildan buyon Farg'onaning “Neftchi” jamoasi sharafini himoya qilib kelgan yarim himoyachi Mansur Saidov keyingi faoliyatini “Bunyodkor” bilan bog'ladi. Shuningdek, asosan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidagi harakatlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan, ortda qolgan mavsumning ikkinchi qismini “Navbahor”da o'tkazgan chap qanot himoyachisi Rustam A'zamov ham “qaldirg'ochlar” bilan shartnoma tuzdi. Har ikkala futbolchi ikki yillik bitimga imzo chekdi.