Mane sog'lig'i haqida ma'lumot berdi

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2022
Afrika Kubogi 1/8 finalida Senegal 2:0 hisobida Kabo-Verdedan ustun keldi.

O'yinda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan Sadio Mane epizodlardan birida raqib darvozaboni bilan to'qnashib kyetib, jarohatlandi va shu tufayli zaxiraga olindi.

“Senegal Kabo-Verdega qarshi maydonda ham shifoxonada ham. Men bilan hammasi joyida, qo'llab-quvvatlaganlarning barchasiga rahmat”, deya u storisiga Kabo-Verde kiperi Vozinya bilan tushgan rasmini joylagan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com

O'xshash yangiliklar