

Senegal terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi 15-daqiqada tizzasini ushlab maysazorda yotdi. U uchrashuvni davom ettirdi, lekin tez orada uni almashtirishga majbur bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, Mane Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etadigan Senegal terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Senegalliklar turnir mezbonlari, shuningdek, Ekvador va Niderlandiya terma jamoalari bilan "A" guruhidan joy oldi.



