Manchini - Italiya A seriyasida eng ko'p maosh oladigan murabbiy

Narzulla Saydullayev
6 sen 2015, 15:40
Inter bosh murabbiyi Roberto Manchini Italiya A seriyasi murabbiylari orasida eng ko'p maosh oladi.

Inter rahbariyati Manchiniga yiliga 4 million evro maosh beradi.

Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegri esa yiliga 3,5 million evro maosh oladi, Rudi Garsiya Romadan har yili 2,8 million oladi.

Milan ustozi Sinisha Mixaylovich 2 million evro, Napolining yangi murabbiyi Mauricio Sarri 800 ming evro ishlab topadi.

Italiya A seriyasi murabbiylari orasida eng kam maoshni Empoli ustozi Marko Jampaolo oladi - yiliga 200 ming evro.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru