"Manchester Yunayted"ning yangi mavsum uchun formasi namoyish etildi

Narzulla Saydullayev
16 may 2019, 14:35
"Qizil iblislar"ning yangi libosi 1998/99 yilgi mavsumda MYU ning APL, Angliya Kubogi va Chempionlar ligasini yutganiga bag'ishlangan.

Forma ananaviy qizil rangda tayyorlangan. Libosning qo'l qismida esa Chempionlar ligasi final uchrashuvida kiritilgan gollarning daqiqalari tasvirlanganini alohida etirof etish lozim.

Eslatib o'tamiz, CHL ning 1998/99 yilgi finalida MYU dramatik tarzda "Bavariya" ustidan g'alaba qozongan edi. Myunxenliklar o'yinning 6-daqiqasidayoq tezkor gol urishgan, so'nggi daqiqalarda esa ingliz klubi ikkita gol urgandi.

Mankunianlar joriy mavsum APL da 6-o'rinni band etishdi va kelgusi mavsum YCHLda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kirita olishmadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd