"Manchester Yunayted"ning navbatdagi transfer maqsadi ma'lum

Alisher
27 dek 2021, 15:40
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Neveshga qiziqmoqda.

"Qizil iblislar" 24 yoshli futbolchi bilan yanvardagi transfer oynasida shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

Manchesterliklar bu borada "Chelsi" bilan raqobatlashishlariga to'g'ri keladi. Futbolchi 2017 yildan beri "Vulvz" tarkibida o'ynaydi.

Portugaliyalik joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes