“Manchester Yunayted”ning avgust oyidagi eng yaxshi o'yinchisi ma'lum bo'ldi

7 sen 2019, 08:22
Bu nomga uelslik 21 yoshli yarim himoyachi munosib ko'rildi.

“Qizil iblislar” rasmiy sayti xabariga ko'ra, Deniel Jeyms klubning avgust oyidagi eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof etildi. Uelslik futbolchi avgust oyida 4 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Jeyms yozgi transferlar vaqtida 15 mln evro evaziga “Suonsi”dan MYUga o'tgandi. U klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: МЮ расмий сайти