"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi bilan xayrlashadi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2024, 19:32
Kazemiro "qizil iblislar"ni tark etadi.

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Karlos Kazemiro yozda jamoadan ketadi, deya xabar berdi Fabricio Romano.



Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" Saudiya Arabistoni jamoalari bilan aloqada bo'lib turgan 32 yoshli Kazemironing ketishini ko'rib chiqmoqda. "Manchester Yunayted" yangi yarim himoyachini transfer qilish uchun braziliyalikni tezda sotib yubormoqchi.

Karlos Kazemiro 2023/24 yilgi mavsum "Manchester Yunayted" safida 30 ta o'yinda harakat qilib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano