"Manchester Yunayted" yanvarda Suaresni xarid qilishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
16 dek 2015, 14:47
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, ingliz rahbariyati yanvarda hujumchini xarid qilishga urinib ko'rmoqchi. "Barselona" o'z yetakchilaridan birini yo'qotmoqchi emas, ammo Myu qishki transfer oynasi uchun 135 mln. evro ajratmoqchi.

Oldinroq Suares "Liverpul" tarkibida Premer-ligasining 133ta uchrashuvida 82ta gol urgan.

"Manchester Yunayted" qiziqayotgan futbolchilar safiga Romelu Lukaku, Jon Stouns va Rayan Bertrand kiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BuzzSport