“Manchester Yunayted” va Mourinyo antirekordlar qurshovida qoldi

26 sen 2018, 07:47
“Manchester Yunayted” kecha Angliya liga kubogining 3-raundida “Derbi Kaunti”ga penaltilar bo'yicha (7-8) mag'lub bo'ldi.

MYU shu tariqa o'zi ishtirok etgan musobaqalarda (uch marta Angliya liga kubogi, bir marta Angliya kubogi va bir marta Superkubogi) ketma-ket 5-marta penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo esa faoliyatidagi 8 ta penaltilar seriyasidan kechagi bilan qo'shib hisoblaganda 7-mag'lubiyatni qabul qildi. “Derbi Kaunti”dan uchralgan penaltilardagi mag'lubiyat esa Joze uchun MYUdagi birinchi lotereyalar seriyasidagi muvaffaqiyatsizlikdir.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta