"Manchester Yunayted" Tilemansni xarid qilishi mumkin

Alisher
30 iyun 2022, 15:33
"Manchester Yunayted" "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni xarid qilishi mumkin.

Manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag klub yarim himoya chizig'ida ko'proq kuchayishga muhtoj deb hisoblaydi va ehtimoliy yangi o'yinchilar ro'yxatini tuzdi.

Qayd etish kerakki, 25 yoshli belgiyalik ushbu ro'yxatga kiradi.

Tilemans o'tgan mavsum "Lester" safida barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail