"Manchester Yunayted" Ronalduga o'rinbosar topdi

Sherzod Nurmatov
27 sen 2022, 19:10
MYU hujumchi Krishtianu Ronaldu qishda jamoani tark etsa, uning o'rniga boshqa futbolchini olib keladi.

Angliyaliklar PSVning niderlandiyalik forvardi  Kodi Gakponing transferiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Forbes".

"Manchester Yunayted" Niderlandiya klubi Gakponing transferi muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonmoqda.

23 yoshli Gakpo joriy mavsum milliy chempionatda 7 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Forbes